▶ YouTube’da ko‘rishUshbu sonda biz qabul haqidagi yangiliklar, kvota kabi muhim yangiliklarning nega kech e’lon qilinishi, oliygohlarning ahvoli, ta’limdagi korrupsiya va tanish-bilishchilik, davlat granti berishning yangi tizimi, kontraktlar oshishi, super-kontraktlar yo’qolishi, akademik mobillik, kadrlar muammosi, xususiy universitetlarga litsenziya berilmayotgani va boshqa mavzular xususida suhbatlashdik. Bu galgi mehmonimiz – oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov.