▶ YouTube’da ko‘rishBugun Oʻzbekistonda podkast yoʻnalishi rivojlanib borayotgan bir vaqtda biz ham yangi loyihaga qoʻl urdik. Podkastimizning ilk sonida iqtisodchi bloger Otabek Bakirov va jurnalist Muhrim A’zamxoʻjayev bilan birga media sohasining yangi yoʻnalishlari, suvsizlik, energetika muammosi, AI-80 benzini, shaharsozlik va biroz futbol haqida gaplashdik. Darvoqe, hali podkastga nom qoʻymadik va tanlov oʻtkazishga qaror qildik. Video ostidagi izohlarda podkastga nom taklif qiling. Biz ular ichidan eng yoqqan nomni tanlab olamiz. Gʻolibga shaxsan oʻzim 1 mln soʻm mukofot beraman.